Telegram Group Search
Bolani davlat bog‘chasiga joylash uchun yillab navbat kutiladimi? – soha mas’uli izoh berdi

Aholi orasida “bola tug‘ildimi, zudlik bilan bog‘chaga navbatga qo‘yish kerak” degan tasavvur shakllanib qolgan. Buning sababi esa oddiy - talab yuqori, bog‘chalar va undagi o‘rinlar soni cheklangan. Vazirlik mas’ulining tushuntirishicha, navbat qachon kelishini oldindan aytish qiyin, muassasalar quvvati va navbatlari soni turlicha.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jabaliyadagi to‘qnashuvlar, Xarkiv frontidagi barqarorlashuv va migrantlarni quvishni maqsad qilgan Tramp - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/35139832

Kun.uz rasmiy kanali
Endi undan ajralib bo‘lmaydi: Odamlar va gadjetlar (foto)

Metroda, bekatda yoki ko‘chaning istalgan joyida telefonga termulib turgan odamlarga ko‘zingiz tushadi. Kimdir kino ko‘rgan, kimdir ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan, yana kimdir ishi bilan band. Fotomuxbir poytaxt ko‘chalarida yurib, turli yoshdagi kishilarning gadjet bilan o‘tayotgan daqiqalarini rasmga oldi.

📸👉 https://kun.uz/40137357

Kun.uz rasmiy kanali
Umra ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/53313816

Kun.uz rasmiy kanali
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar

Dunyodagi birinchi avtomobil 1885 yilda Germaniyada Karl Bens tomonidan tayyorlangan. O‘shandan buyon qariyb 140 yil o‘tdi. Bugun ko‘plab yirik avtokonsernlar bir vaqtning o‘zida o‘nlab rusumlarda avtomobil tayyorlamoqda. Ular orasida 50-60 yildan buyon yangilangan holda ishlab chiqarilayotganlari va bir necha o‘n mln dona sotilganlari ham bor.

👉 https://kun.uz/59500962

Kun.uz rasmiy kanali
Olimlar Misr piramidalari sirini topgan bo‘lishi mumkin

4 ming yil oldin qurilgan Misr piramidalarining qanday tarzda qurilgani hali ham sirligicha qolgan. Olimlar bu jumboqning javobini topgan bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/30160895

Kun.uz rasmiy kanali
Nol budjet bilan yasalgan o‘zbekcha o‘yin - yosh dasturchilar “Shumtaka”ni qanday ishlab chiqdi?

Dasturchilar Ilhom Qodirov va Abzalxo‘ja Ibrohimovlar o‘zbekcha ruhdagi “Shumtaka” o‘yinini ishlab chiqdi. “O‘zimiz dasturchi bo‘lganimiz uchun uni ishlab chiqishga deyarli pul sarflamadik”, deydi g‘oya mualliflari. “Shumtaka”da non, osh, choynak, qovun, tarvuz, uzumzor kabi atributlardan foydanilgan. Qahramon esa milliy kiyintirilgan. Dasturchilar Kun.uz’ga bergan intervyusida “Shumtaka”ning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yil festivali - yurt yoshlari Bo‘zatovda birlashdi

An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi har galgiday Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichdan chiqqan 158 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashishdi.

👉 https://kun.uz/uz/24026330

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Rossiya hali uzoq urushmoqchi” — Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi?

Rossiyada mudofaa vaziri lavozimiga iqtisodchining tayinlanishi – Vladimir Putin kollektiv g‘arb bilan Ukraina orqali va boshqa frontlarda uzoq muddatli urushga tayyorlanayotganini bildiradi. Budjet taqchilligi va korrupsiya oshib ketgani shuni taqozo qilgan, deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda bino va inshootlarni qurish taqiqlanadi

Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

👉 https://kun.uz/39389432

Kun.uz rasmiy kanali
Qrimda yonib ketgan MiG-31, Vovchansk uchun jang va shahar aholisi evakuatsiyasi

Urushning 814-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/49183727

Kun.uz rasmiy kanali
Davlat xususiylashtirish nizolarida sudlashmoqchi emas. Mediatsiya instituti kengayadi

Yangi tartibga ko‘ra, xususiylashtirish jarayoniga oid nizolar yuzaga kelsa, davlat bu nizoni birinchi navbatda mediatsiya tartibida hal qilishga harakat qiladi. Investitsiya institutlari milliy uyushmasi raisi Bahodir Otaxonov Kun.uz bilan suhbatda bu qanday ishlashini tushuntirib berdi.

👉 https://kun.uz/45285599

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitim ma’qullandi

Qonunda o‘zaro manfaatli ma’lumotlar almashinuvi, beg‘araz harbiy-texnik yordam olish, harbiy texnikalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalalari qamrab olingan.

👉 https://kun.uz/47184579

Kun.uz rasmiy kanali
Ortayotgan tengsizlik, xandaqqa qulagan uy va To‘qayevning bayonoti - hafta dayjesti

Sobiq bosh prokurorning o‘g‘li Dubayda millioner ekani ma’lum bo‘ldi. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq kattalashyapti. XVJ hukumatdan amaldorlar qachon mol-mulklari haqida “otchyot” berishini so‘radi. Ayrim tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga qarshi gijgijlayapti. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Maymun biznesi”ga aylangan qurilishlar

O‘zbekistondagi 50 mingdan ortiq qurilish kompaniyalari soni yiliga 5000 tagacha oshib boryapti. Ular har yili 100 minglab uy-joylar quradi. Ularni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi esa 2023-yilning eng korrupsion tashkilotlari uchligidan joy oldi. Bu ko‘rsatkichlar natijasida bugungi qurilishlar sifatiga shubha, savdolarda aldov, munosabatlarda ishonchsizlik oralagan. SUBYЕKTIV'ning navbatdagi soni ushbu mavzu tahliliga bag‘ishlanadi.

👉HOZIROQ TOMOSHA QILING!👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Asr jangi»da Usik Fyurini mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylandi

Jang davomida Tayson Fyuri nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

👉 https://kun.uz/95761800

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

Jinoiy guruhning 3 nafar a’zosiga 4 yildan 10 yilgacha muddatni nazarda tutuvchi qamoq jazosi tayinlandi.

👉 https://kun.uz/53258590

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovonida qalin tuman sabab yo‘lning ko‘rinish masofasi qisqardi

Haydovchilardan tezlikni me’yoridan oshirmasdan, oraliq masofa saqlab harakatlanish so‘raldi.

Kun.uz rasmiy kanali
2024/05/19 05:46:50
Back to Top
HTML Embed Code: